Turkiya harbiylari Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisini ogohlantirilgani haqidagi audioyozuvni e’lon qildi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, audioyozuvda “yo‘nalishingizni o‘zgartiring”, degan jumlani eshitish mumkin.
Bundan avvalroq esa Su-24 ning shturmani Konstantin Muraxtin Turkiya tomonidan havo hududi buzilgani borasida hech qanday ogohlantirish bo‘lmaganini aytgan edi.
Izoh (0)