Liberiyada 15 yoshli o‘spirin Ebola virusidan vafot etdi. Aslida esa 3-sentabrda Liberiya hukumati mamlakatda Ebola virusi tugatilganini e’lon qilgan edi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Natan Gbotoye ismli o‘spirinda Ebola alomatlari sezilgach, kasalxonaga yotqizilgan edi. U 23-noyabr, dushanba kuni mamlakat poytaxti Monroveydagi kasalxonada vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Ebola virusi ilk bor 2014-yilning fevral oyida aniqlangan edi. Kasallik boshlangandan buyon 11 ming nafar kishi halok bo‘ldi, yana 28 ming nafari ushbu dard bilan og‘rigani qayd etilgan.
Izoh (0)