AQShning Memfis shahri aholisi o‘rgimchaklarning haqiqiy bosqinini boshidan o‘tkazmoqda. Ko‘chalar va hatto turar-joy binolari o‘rgimchaklar bilan qoplangan. Ular odamlardan qo‘rqmayapti va o‘zlarini yaqqol xo‘jayindek his etmoqda. Ular shaharni deyarli bir kilometr masofada o‘rgimchak turi bilan qoplab tashladi. Bu haqda Daily Mail ma’lumotiga asoslanib, “Segodeya.ua” xabar bermoqda.
Mutaxassislar bu o‘rgimchaklarning odamga xavfi yo‘qligini aytmoqda. Ular shunchaki noqulayliklar keltirib chiqargan.
Ko‘pchilik mahalliy aholi har qadamda o‘rgimchaklarni uchratayotganidan qo‘rqishayotganini tan olgan.
Olimlar hozircha ushbu hodisani tushuntirib bermayapti. Zoolog Stiv Reychlingning ma’lum qilishicha, shaharda o‘rgimchaklarning ommaviy ko‘chishi yuz bermoqda. Bir vaqtlar shahar atrofida va tagida yashagan o‘rgimchaklar endilikda bir joyga to‘plangan. Bunday hodisalar yuz berib turadi, ammo o‘rgimchaklarning o‘zlarini bunday tutishi, hamon jumboq bo‘lib turibdi.
[embed]https://youtu.be/MB9BSwhpqQQ[/embed]
Izoh (0)