Toshkentning Qoratosh dahasida, O‘zbekiston Banklari assotsiyasi binosi qarshisida 23-noyabr, dushanba kuni inkassatsiya xizmatiga tegishli Captiva avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda, ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan xabarlarga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
Hodisa guvohlari tomonidan olingan fotosuratlarda inkassatorlarning Captiva avtomobili qayrilib olishga harakat qilgan vaziyatda, qatnov qismi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashib ketgan.
“Hodisa aybdori kim ekanligini tergov aniqlaydi. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)