Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Yasukuni ibodatxonasi hududida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. Biroq politsiya bomba siyosiy sabablarga ko‘ra harakatga keltirilgan deb hisoblamoqda.
Voqea joyiga yuzdan ortiq politsiya va o‘t o‘chiruvchi xodimlar yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, portlash ibodatxona hududidagi erkaklar hojatxonasida sodir bo‘lgan. Portlash yong‘inni keltirib chiqargan, biroq o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgunga qadar olov o‘chirilgan.
Hodisa joyida portlash qurilmasining parchalari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan bo‘laklar topildi.
Yasukuni ikkinchi jahon urushi yillaridagi Yaponiyaning tajovuzkorona siyosati bilan qiyoslanadi, unga tashrif buyurish esa mintaqada mazkur davlatning ilgarigi mavqeini tiklashga urinish sifatida qabul qilinadi. Ibodatxonada turli urushlarda halok bo‘lgan 2,5 million nafar yapon askar va zobitlari ismi-shariflari bitilgan yorliqlar saqlanadi.
Izoh (0)