Har bir kishi uning uyidagi internetning tezroq ishlashini istasa kerak. Wi-Fi signalini yaxshilashning hayratlanarli darajada oddiy usullari mavjud. Uyingizdagi internetning sifati asosan marshrutizatorga bog‘liq, deydi Interesbook.
Dastlab, Wi-Fi to‘lqinlari nima ekanligini tushunib olish lozim. Bu o‘zining juda qisqa uzunligi (12 santimetr) bilan ajralib turuvchi elektromagnitlarga o‘xshash radioto‘lqinlardir. Bu esa routerdan uzoqlashgan sari signalning kuchsizlanishini anglatadi.
Ushbu muammoni quyidagi usullar bilan hal etish mumkin.
- Marshrutizatorni uyingizning markaziga o‘rnating.
- Uni polga qo‘ymang.
Bu javon, shkaflarga ham taalluqli. Marshrutizatorning atrofida qanchalik ko‘p devor bo‘lsa, uydagi internet sifati shunchalik yomon bo‘ladi.
- Uni boshqa elektronikadan uzoqroqqa joylashtiring.
- Agar routeringizning antennalari bo‘lsa, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga sozlang.
Agar sizda qurilmalaringizni bir xil balandlikda joylashtirish imkoni bo‘lmasa, routerning antennalaridan birini gorizontal, ikkinchisini vertikal yo‘naltiring.
- Signal tarqatish xaritasi.
https://www.youtube.com/watch?v=UygPcBCFRrA
Izoh (0)