O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Italiyaning Breshia shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslaridagi ikkinchi g‘alabasini tantana qildi, deb xabar qiladi “Olamsport”.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Farrux mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi davrasida Lukash Latskoni qiyinchilik bilan 6:4, 6:7, 7:6 hisobida mag‘lub etdi.

Taqqoslash uchun, slovakiyalik raketkasi ustasi dunyo reytingida 109, Do‘stov esa 162-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekistonlik tennischi ilk davrada italiyalik Matteo Violani 6:4, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lub etgandi. Uning chorak finaldagi raqibi Igor Siysling bo‘ladi. Gollandiyalik tennischi dunyo reytingida 167-pog‘onadan joy olgan.