17-noyabr kuni AQShda Parijga yo‘l olgan ikki reys portlash to‘g‘risidagi anonim tahdidlar tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Los-Anjelesdan parvoz qilgan Airbus A380 Solt-Leyk-Sitiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Samolyot bortida 500 ga yaqin odam bo‘lgan. Bundan tashqari, Vashingtondan Parijga yo‘l olgan samolyotning ham Galifaks aeroportiga qo‘nishiga to‘g‘ri keldi. Uning bortida 262 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Har ikkala samolyot Air France aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu reyslarda portlash amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi anonim xabarlar samolyotlar havoga ko‘tarilgandan so‘ng olingan.
Izoh (0)