Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2013-yil 30-noyabrda Yevromaydonni tarqatib yuborish to‘g‘risida shaxsan qaror qabul qilgan va buni amalga oshirishni sobiq ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenko, milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining sobiq kotibi Andrey Klyuyevga topshirgan. Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

“Tergov davomida Maydonni tarqatib yuborish va buni aynan kuch yordamida amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror bevosita sobiq prezident tomonidan qabul qilingani aniqlandi”, — deya ta’kidladi 17-noyabr, seshanba kungi brifing chog‘ida Ukraina bosh prokuraturasi maxsus tekshiruvlar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Gorbatyuk.

Prokuratura vakili Maydonni tarqatib yuborish uchun hech qanday qonuniy asos bo‘lmagani, sudning tegishli qarori qabul qilinmaganini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi