Saudiya Arabistoni AQShdan 19 000 dan ortiq turli xildagi bombani sotib oladi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Tomonlar ushbu masalada kelishuvga erishdi. Shartnoma bahosi 1,29 milliard dollarga baholanmoqda.
Saudiya Arabistoni bombalarni Suriyadagi jangarilar va Yamandagi isyonchilarga qarshi kurashda foydalanish uchun xarid qiladi. Bu yerda Paveway II, Blu-117 kabi bombalar nazarda tutilmoqda. AQSh, shuningdek, Saudiya Arabistoniga Joint Direct Attack – GPS texnologiyasi asosidagi qurilmalar majmuasini sotishni ham rejalashtirmoqda.
Ushbu bitim 30 kun ichida AQSh kongressi tomonidan ma’qullanishi lozim.
Izoh (0)