“Barselona” klubi Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. Ushbu mashg‘ulotda jarohatidan tiklanayotgan Lionel Messi, Ivan Rakitich va Mark-Andre Ter Shtegen umumiy guruhda shug‘ullandi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Rakitich 4-noyabrdan beri umumiy guruhda shug‘ullanmayotgandi. Messi bo‘lsa sentabrning oxirida tizzasidan jarohat olgan edi. Oldinroq Messining “Real”ga qarshi 30 daqiqa o‘ynay olishi ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)