Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi Nevadadagi Tonopa poligonida takomillashtirilgan B61-12 atom bombasining yakuniy sinovi o‘tkazilganini ma’lum qildi. Sinov yadro portlashlarini taqiqlash to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga binoan jangovar zaryadsiz amalga oshirilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: NNSA

Foto: NNSA

“Mazkur yakuniy sinovlar mamlakat va uning ittifoqdoshlari xavfsizligi so‘zsiz ta’minlanishi dalolatidir”, — deyiladi tashkilot tomonidan tarqatilgan bayonotda. F-15E samolyotidan bomba tashlanishi boshqariladigan tartibda bo‘lgani, ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y bermagani ta’kidlanmoqda.

Takomillashtirilgan bombaning ishlab chiqarilishi 2020-yilgacha boshlanishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar