Shri-Lankada sodir bo‘lgan suv toshqini natijasida 80 ming nafarga yaqin kishi o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumoti asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatning shimoliy hududlari jiddiy moddiy talofat ko‘rgan.
Odamlar maktab va cherkovlarni boshpana qilmoqda. Armiya ishtirokidagi qutqaruv guruhi va Shri-Lanka havo-dengiz kuchlari o‘zaro hamkorlikda qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Mahalliy OAV tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Kilinochchi shahrida suv toshqini tufayli bir kishi nobud bo‘lgan.
Izoh (0)