Iroq shimolida yana bir ommaviy qabr topildi. Bu haqda “TASS” Associated Press agentligining 15-noyabrdagi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, qabr Sinjar shahridan 15 kilometr g‘arbda topilgan. Unda 50—60 ga yaqin erkak, ayol va bolalarning jasadi bo‘lgan. Ularning kimga tegishli ekanligi haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
14-noyabr, shanba kuni Sinjar shahrining chekka qismida IShID terrorchilari tomonidan qatl etilgan 78 nafar ayolning ommaviy qabri topilgan edi.
Izoh (0)