G20 rahbarlari terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish yuzasidan bir qator harakatlarni qo‘llashga kelishib oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
G20 yetakchilari terrorizmni moliyalashtiruvchi kanallarni yopish va ekstremistlarning chegaralar orqali harakatlanishining oldini olish uchun axborot almashinuvi va uni muvofiqlashtirilishini kuchaytirishga chaqirdi.
Bundan tashqari, rahbarlar chegara nazorati va aviatsiya xavfsizligini kuchaytirishga e’tibor qaratishga kelishib oldi.
“Biz terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyat bilan yanada yaqinroq ish olib boramiz”, — dedi Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin.
Izoh (0)