Rossiyaning Sochi shahrida “Kuban kubogi-2015” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. 2004-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat musobaqada “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 24 ta jamoa ichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning hal qiluvchi final uchrashuviga yo‘llanma olgan edi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov ustozligidagi tarbiyalanuvchilar finalda Samaraning “Krilya Sovetov” futbol maktabi vakillari bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli va murosasiz o‘tgan final o‘yini taqdirini Azimjon Husanov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa, “Bunyodkor – 2004” Sochida o‘tgan “Kuban kubogi-2015” VII xalqaro turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)