Tailand shimoli-sharqidagi Surin viloyatida sayyoradagi eng baland odam – 26 yoshli Pornchay Saosri vafot etdi. Uning bo‘yi 2 metru 69 santimetrni tashkil etgan, deb xabar beradi “TASS”.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, Pornchay garmonal buzilishlar bilan bog‘liq ko‘plab xastaliklardan aziyat chekkan va yaqinda yotqizilgan shifoxonada vafot etgan. Oxirgi bir necha yil davomida u to‘shakka mixlangan edi. Yo‘l halokatidan so‘ng, yigitning bir muncha vaqt to‘shakda yotishiga to‘g‘ri keldi. Oxirgi yil davomida u 72 kilogrammga ozdi va yana 12 santimetrga o‘sdi. Biroq uning zaiflashgan mushaklari 153 kilogramm og‘irlikka bardosh bera olmadi. Pornchayning vazni aynan shuncha kilogrammni tashkil etardi.
Gulliverning onasi so‘zlab berishicha, uning o‘g‘li oltinchi sinfdan so‘ng, yaqinlarini hayratga solib, juda tez o‘sa boshlagan. U, hattoki, tizzasida turganda ham ota-onasi uning yelkasiga zo‘rg‘a yetgan.
Izoh (0)