Long-Aylendda it to‘qqiz yoshli qizchani g‘ajib tashladi

Long-Aylendda pitbul zotli it to‘qqiz yoshli qizchaga hujum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: “Konura”

Foto: “Konura”

Qizcha uyning orqa hovlisida o‘rtoqlari bilan o‘ynayotganda, ikki yoshli pitbul unga tashlandi. Hatto katta yoshdagi qo‘shnilar ham qizchani undan tezda xalos qila olmadi.

Qizcha bilan birga o‘ynayotgan ikki dugonasi tezda qochib, yordam chaqira boshladi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlarining ma’lum qilishicha, it ularga ham tashlanmoqchi bo‘lgan. Shundan keyin politsiyachilardan biri uchta o‘q bilan pitbulni o‘ldirgan. Jabrlangan qizcha shifoxonaga yetkazildi, biroq bir necha soatdan so‘ng u halok bo‘ldi.

Pitbulning egasi 29 yoshli Karlayl Arnold qo‘lga olindi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing