Kuba Davlat kengashi rahbari Raul Kastro vakolatlari yakunlanadigan muddat —2018-yil 24-fevralda lavozimidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
“Vazifamni bajarishga kirishayotganimda va partiyamizning so‘nggi anjumanida aytganimdek, 2018-yil, 24-fevralda ishlarni tugataman va iste’foga ketaman”, — deya ta’kidlagan Kastro Meksikaga ilk davlat tashrifi chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Raul Kastro 2013-yilda Kuba Davlat kengashi rahbari etib tasdiqlangan. U mazkur lavozimda mamlakatni 1959-yil, 1-yanvardan beri boshqarib kelgan akasi Fidel Kastroni almashtirgan edi.
Izoh (0)