Rossiya va AQSh aviatsiyasi qo‘shma mashg‘ulotlar davomida Suriya bo‘ylab samolyotlarning xavfli yaqinlashuvi holatlari bo‘yicha ekipajlar va yerdagi xizmatlar harakatlarini ishlab chiqdi. Bu haqda “Kommersant.ru” Rossiya operativ boshqaruv bosh shtabi rahbari, general-polkovnik Andrey Kartapolov ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu qo‘shma mashg‘ulot 3-noyabr kuni Moskva vaqti bilan tonggi 11 da bo‘lib o‘tgan.
Oldinroq Pentagon vakili Piter Kuk Rossiya va AQShning Suriyadagi parvozlari xavfsizligi bo‘yicha hamjihatligi haqidagi memorandumning kuchga kirganligini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)