Meksika qamoqxonasidan iyul oyida qochishga muvaffaq bo‘lgan “Pakana” laqabi bilan mashhur narkobaron Xoakin Gusman Loerani besh ming kishidan iborat haqiqiy armiya qo‘riqlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” Telesur telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Pakana”ni qo‘riqlash “Yangi odamlar” jinoiy to‘dasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu guruh 2007-yildayoq “Sinaloa” jinoiy guruhi bilan ishlay boshlagan edi. Uning tarkibiga o‘ldirishga o‘rgatilgan meksikalik sobiq harbiylar va federal politsiya sobiq xodimlari ham kiradi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, “Yangi odamlar”ning vazifasiga nafaqat narkobaron shaxsini qo‘riqlash, balki uning raqobatchi jinoiy guruhlardagi dushmanlari bilan o‘zaro munosabatlarini aniqlashtirish ham kiradi.
Eslatib o‘tamiz, meksikalik narkobaron 12-iyulga o‘tar kechasi qamoqxonadan qochgan edi.
Izoh (0)