Gollivud yulduzi Robert De Niro 9-noyabr kuni yana Rossiyaga keladi, deya xabar bermoqda “TASS”. Bu safar aktyor Rossiyaga ijodiy ish bo‘yicha emas, balki restoran ochish maqsadida kelmoqda.
U Moskvadagi “Krokus Siti Moll” savdo markazida ochiladigan Nobu yapon restorani egalaridan biridir.
Birinchi marta De Niro Moskvaga 1987-yilda xalqaro kinofestivalda hakamlik qilish uchun kelgan. O‘n yildan so‘ng yana bir marta tashrif buyurib, poytaxtning juda o‘zgarib ketganini ta’kidlagan. 2009-yilda esa birinchi Nobu restoranini ochish uchun shaxsan o‘zi kelgan. U Robert De Niro egadoshlik qiladigan yapon restoranlari yirik tarmog‘ining Moskvadagi filialidir.
Izoh (0)