Misrda halokatga uchragan Airbus A321 samolyoti reysining tashkilotchisi bo‘lgan “Brisko” sayyohlik kompaniyasi Misrga sayohat chiptalari pulini jarimasiz qaytarishdan bosh tortmoqda. Bu haqda “TASS” Rossiya sayyohlik sanoati uyushmasi matbuot kotibi Irina Tyurina ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Shaxsan menga telefon orqali “Brisko”ning direktor o‘rinbosari pullarning to‘liq qaytarilishini ma’lum qilgan edi. Biroq hozir xoldingdan pochta orqali kelgan ma’lumotda reyslarni bekor qilish shartnoma shartlariga muvofiq, ya’ni sarflangan xarajatlarni ushlab qolish bilan amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilganligini ko‘rayapman”, — deydi Tyurina.
U ushbu vaziyatda kompaniya sudda yutqazishiga ishonchi komil ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)