Facebook AQShdagi foydalanuvchilarni ularning akkauntlari bilan bog‘liq shubhali amaliyotlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi. Bu haqda “Kompyulenta” xabar bermoqda.
Facebook’ning xavfsizlik bo‘yicha bosh muhandisi Aleks Stamosning ma’lum qilishicha, ogohlantirishlar “AQSh hududidagi boshqa nuqtalardan” kirishga urinish payqalganda yuboriladi. Shunisi ham borki, har doim ham bunday harakatlar akkaunt bilan bog‘liq shubhali amaliyotlardan darak bermaydi. Bunga zararli dasturiy ta’minotdan yuqtirilgan faollik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)