Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Shohimardonda 29-oktabr 07:56 da uch magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “12news.uz” Qirg‘iziston Seysmologiya instituti ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
EMSC (European Mediterranean Seismological Centre) markazining ma’lumotiga qaraganda, 28—29-oktabr kunlari Afg‘oniston hududidagi Hindikush tog‘larida 4—4,5 magnitudali oltita zilzila sodir bo‘lgan.
Afg‘oniston hukumatining ma’lum qilishicha, 26-oktabr kungi kuchli yer silkinishi oqibatida 115 nafar Afg‘oniston fuqarosi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 360 nafardan oshganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)