Parij hukumati bugun, 23-oktabr kuni shahar shimolidagi sobiq litsey binosida joylashgan lagerdan 700 dan ortiq muhojirni evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda “TASS” Fransiyaning Le Parisien gazetasiga tayanib xabar berdi.
Ko‘chirish operatsiyasi erta tongda boshlandi. Xodimlar binoga kelganda, muhojirlarning ko‘pchiligi narsalari bilan tashqarida turgandi. Ularni tashish uchun 26 ta avtobus ajratildi. Ijtimoiy xizmat xodimlarining so‘zlariga qaraganda, muhojirlar qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha maxsus markazlarga yetkaziladi.
“Barcha muhojirlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi, ular turar-joy bilan ta’minlanadi”, — dedi Parij va Il-de-Frans hududlari prefekti Jan-Fransua Karenko.
Izoh (0)