Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Toni Ebbot va uning tarafdorlari mast holatda mushtlashib, sobiq ish ofisini vayron qildi. Bu haqda, Times nashrining ma’lumotiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avstraliya parlamenti a’zolari ma’lum qilishicha, farroshlar a’zolarning ishxonasidan bosh vazir xonasida bo‘lgan marmar stolning bo‘laklarini topgan.
Ta’kidlanishicha, tartibbuzarlikda Ebbotning o‘zi va uning hukumatiga a’zo bo‘lgan bir-necha vazirlar ishtirok etgan.
Bundan avvalroq, Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbot, mamlakatning Liberal partiyasi rahbari lavozimi bo‘yicha o‘tkazilgan ichki ovoz berishda o‘zining uzoq muddatli raqibi Malkolm Ternbulga mag‘lub bo‘lganligi sababli, Avstraliya bosh vaziri lavozimidan ketishi haqda ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya hukumati vazirlari 14-sentabr, dushanba kuni mamlakat bosh vaziri Toni Ebbotga iste’fo berishi to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat etgan edi.
Izoh (0)