Meksikaning Chyapas shtatidagi suv havzalaridan birining yuzasida 400 yoshga ega ibodatxona paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Qurg‘oqchilik tufayli mamlakat janubi-sharqidagi suv sathi 24 metrga pasayib ketdi. Natijada suv tagida qolib ketgan xarobalarning katta qismi ko‘rinib qoldi. Binoning balandligi ba’zi joylarda o‘n metrga yetadi. Uning uzunligi taxminan 61 metr, eni 14 metrni tashkil etadi. Cherkov XVI asrda ispan mustamlakachilari tomonidan barpo etilgan.
O‘tgan yuz yillikning 60-yillarida suv tagida qolgan ibodatxona suv yuzasiga birinchi marta chiqib qolgani yo‘q. 2002-yilda suv sathi shunchalik pastlab ketgan ediki, bino xarobalarigacha piyoda borib, uning ichkarisini ko‘zdan kechirish mumkin bo‘lgan. Bu safar ekskursiyani amalga oshirishda mahalliy baliqchilar o‘zlarining qayiqlari bilan yordam bermoqda.
Izoh (0)