Amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Lindsi Lohan 2020-yilgi AQSh prezidentligi uchun saylovlarda nomzodini qo‘yish istagini bildirdi. Bu haqda u Instagram’dagi obunachilariga ma’lum qildi.
“Men 2020-yilda prezidentlik uchun o‘z nomzodimni qo‘yishim mumkin. Buning uchun bizni eng yaxshi odamlar bo‘lishga ruhlantirgan Kanye Uestga rahmat”, — deb yozdi aktrisa.
Lindsi Lohan, shuningdek, prezidentlik lavozimida u birinchi navbatda dunyo bo‘yicha azob chekayotgan barcha bolalarga g‘amxo‘rlik qilishini ma’lum qildi. “Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta esa buni qanday amalga oshirishni menga ko‘rsatgan bo‘lardi”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)