Rossiya Federatsiyasi hukumati qirol oilasini qayta dafn etish marosimini o‘tkazish haqidagi rejasini jahonning 11 ta turli davlatida istiqomat qilib kelayotgan Romanovlar sulolasi vakillariga xabar qildi. Bu haqda 16-oktabr, juma kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati vakili tomonidan berilgan ma’lumotga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Qayta dafn marosimi o‘tkazish haqidagi rejalar to‘g‘risida jahonning 11 davlatida istiqomat qilib keluvchi Romanov oilasining barcha vakillari xabardor qilindi”, – deyiladi manbada.
Hozirda ushbu oila vakillari Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, AQSh, Urugvay, Fransiya va Shveytsariya davlatlarida yashayotganligini ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)