Sevastopolning S.Ordjonikidze nomidagi dengiz zavodi “Zvyozdochka” kema ta’mirlash markazi filialiga 49 yilga ijaraga berildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
U avval tadbirkorga tegishli bo‘lgan, hozir esa Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarashlidir. Ijara shartnomasi 13-oktabrda imzolandi.
Zavodni texnik jihatdan qayta jihozlash va ishlab chiqarish kuchini rekonstruksiya qilish maqsadida federal maqsadli dastur doirasida yetti milliard rubl, jumladan, 2016-yilda 1,5 milliard rubl ajratish rejalashtirildi.
Sevastopol dengiz zavodi ham fuqarolik, ham harbiy yo‘nalishdagi buyurtmalar bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)