Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQShning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti olimlari sakkiz soatdan uxlash (quyosh botganidan uxlab, tong otishi bilan turish) qadimiy kishilarga xos emasligi va odam organizmi uchun tabiiy deb hisoblanmasligini aniqladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tadqiqotchilar texnologiyalarning rivojlanishi urf-odat va maishiy hayotiga ta’sir o‘tkazmagan tub aholi va qabilalar (Tanzaniya, Boliviya, Namibiyadagi) bioritmlarini taxminan uch yil davomida kuzatish orqali shunday xulosaga kelgan. “Ovchi-termachilar” vakillari kuniga 6,5 soat yoki undan kamroq uxlashi ma’lum bo‘ldi. Ularda quyosh botishi bilan uxlashga yotish odati kuzatilmadi.

Qorong‘i tushgach, odamlar ko‘pincha taom tayyorlashga kirishgan, o‘zaro to‘planib, keyingi kun uchun vazifa va rejalarni muhokama qilgan. Shuningdek, eksperiment ishtirokchilarida kun davomida uxlashga moyillik ham qayd etilmadi.

Tadqiqot odamlar zamonaviy texnologiyalar tufayli kam uxlashi haqidagi stereotipni yo‘qqa chiqardi. Uzoqroq vaqt uxlash odati ilmiy-texnik progressning rivojlanishi oqibatida paydo bo‘lgani ta’kidlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi