Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Singapore Airlines aviakompaniyasi Singapurdan Nyu-Yorkka qadar davom etuvchi jahondagi eng uzun to‘xtovsiz reysni qayta tiklaydi. Bloomberg xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlar 2018-yildan boshlanadi.

Foto: Global Look

Foto: Global Look

Parvoz masofasi 15,3 ming kilometrga teng bo‘lib, belgilangan yo‘l 18—19 soatda bosib o‘tiladi. Reyslar aynan shu yo‘nalish uchun maxsus loyihalashtirilgan Airbus A350-900URL samolyotlarida amalga oshiriladi.

Kompozit materiallardan tayyorlangani uchun vazni yengil, yonilg‘i sarfi kam bo‘lgan mazkur samolyotda qancha o‘rin bo‘lishiga aniqlik kiritilmayapti. Undan avvalgi — A340 laynerida 100 ta biznes-klass yo‘lovchilari uchun joy bor edi, yangi laynerda joylar soni qisqartirilishi kutilmoqda.

Singapurdan Nyu-Yorkka tomon to‘xtovsiz parvoz qiladigan reys 2013-yilda yopilgandi, bunga uning eng avval biznes-turistlar orasida ommalashmagani sabab qilib ko‘rsatilgandi. Singapore Airlines istiqbolda AQShgacha boshqa to‘xtovsiz yo‘nalishlarni ishlab chiqish niyatida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi