Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda noyabr oyida ob-havoning beqaror bo‘lishi kutilmoqda: tez-tez yomg‘ir yog‘ib turadi, kuchli shamol, tuman va yerning muzlashi kabi hodisalar kuzatiladi. Bu haqda Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan mutaxassis Sazanova bergan ma’lumotga asoslanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.
Mamlakatning shimoliy, sharqiy va markaziy hududlarida barqaror qor qoplamining shakllanishi noyabr oyining birinchi o‘n kunligida kutilayotgan bo‘lsa, g‘arbda va janubiy-sharqda, asosan, noyabr oyining uchinchi haftasida kuzatiladi.
Havoning jiddiy sovushi joriy yil noyabr oyining birinchi va uchinchi o‘n kunligida kutilib, bunda mamlakatning sharqiy qismida havo harorati kechasi 20 daraja sovuq, kunduzi esa 12 daraja soviq bo’ladi. O‘z navbatida, hududning janubiy qismida kechasi 10 daraja sovuq, kunduzi esa uch darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)