Qarag‘andi viloyatidagi Shaxtinsk shahriga tashrif buyurgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, mahalliy halq hunarmandining ijodi bilan qiziqib qolib, uning qilichlarini sotib oldi. Bu xaqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Instagram’dagi Qozog‘iston hukumatining sahifasida prezidentning yarmarkada yog‘ochdan yasalgan qilichlarni sotib olayotganligini tasvirlovchi video lavha paydo bo‘ldi.
Nazarboyev ushbu qurolning o‘xshatmasini yaqindan va jiddiy ko‘zdan kechirib chiqib, sotuvchidan ular uchun qancha so‘rayotganini so‘ragan. Bu ashyolar uchun, taxminan, 5 ming tenge so‘ralganligi ma’lum bo‘ladi.
[embed]https://youtu.be/gPqRFhyT-Po[/embed]
Bozor bo‘ylab bo‘lib o‘tgan sayohatda prezidentga Ostona akimi (hokimi) Adilbek Jaqsibekov hamroh bo‘lgan.
Izoh (0)