Pokiston janubidagi Karachi shahrida yuzaga kelgan ko‘chki oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, hodisa mahalliy vaqt bo‘yicha 02:00 atrofida sodir bo‘lgan. Ko‘chki shahar shimolining xarob qismida joylashgan uchta chodirni qoplab oldi.
Hozirgi paytga qadar qutqaruv xizmati va mahalliy aholi 13 nafar qurbon, jumladan yetti nafar bola va uch ayolning jasadini topdi. Qidiruv ishlari davom etmoqda.
Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi bir oilaning a’zolari bo‘lgan.
Izoh (0)