Norvegiyalik grossmeyster, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen Germaniyaning Berlin shahrida davom etayotgan jahon chempionatining rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan u o‘z unvonini ham himoya qildi, deb xabar beradi OlamSport.
Karlsen 15 ta turda 11,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik Yan Nepomnyashchiy ikkinchi, ozarbayjonlik shaxmatchi Teymur Rajabov uchinchi, kubalik Lener Dominges to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Uchala shaxmatchi ham 10,5 ochkodan to‘pladi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov 15 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 13-o‘rinni egalladi.
Jahon kubogining amaldagi sohibi rossiyalik Sergey Karyakin hamda sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand ham 9,5 ochkodan to‘pladi va ular Qosimjonovdan keyingi o‘rinlarni egalladi.
Izoh (0)