Gonduras shimolida 9-oktabr, juma kuni yuz bergan avtohalokat natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Yoro departamentida yo‘lovchi avtobusi o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida olti nafar bola borligi aytilmoqda, jabrlanuvchilarni evakuatsiya qilish uchun vertolyotlar jalb etilgan.
Taxminlardan biriga ko‘ra, avtobus ag‘darilib ketganidan so‘ng o‘t o‘chirish mashinasiga borib urilgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi noma’lum sabablarga ko‘ra boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.