Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Saudiyaning Makka shahrida 11-sentabr kuni, minora kranining al-Haram masjidiga qulashi natijasida yuz bergan fojia qurbonlariga tovon puli to‘lash bo‘yicha maxsus qo‘mitalar bir martalik pul to‘lovlarini qabul qiladigan shaxslar haqidagi axborotni to‘plashga kirishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Makka sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Mustafo Baljunning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mitalar “hodisa natijasida halok bo‘lgan yoki yaralangan har bir shaxs haqidagi axborotni — ismi, qaysi mamlakatdan kelgani, pasport ma’lumotlari, shifoxonaga olib kelingan, shifoxonadan chiqarilgan yoki vafot etgan vaqtini to‘plashi kerak”.

11-sentabr kuni Makka shahrida ro‘y bergan fojia oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 111 kishi halok bo‘lgan va 230 dan ortiq odam tan jarohati olgan. Saudiya Arabistoni qiroli har bir qurbonning oilasiga, shuningdek, fojia oqibatida nogiron bo‘lib qolganlarga 1 million rial (266 ming dollardan ziyod) miqdorida bir martalik tovon puli to‘lash haqida ko‘rsatma bergan.

Minora krani qulashi oqibatida yaralanganlar 500 ming rial (qariyb 133 ming dollar) miqdorida tovon puli oladi. Bundan tashqari, har bir jabrlanuvchining ikki nafardan oila a’zosi kelasi yili Haj mavsumida qirolning shaxsiy mehmoni sifatida Saudiya Arabistoniga kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak