Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kreml Suriyadagi siyosiy tartibga solishni ayni paytda Rossiya havo-kosmik kuchlari tomonidan o‘tkazilayotgan terrorchilarga qarshi kurashda hukumat qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasiga bog‘lash xato deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

U qator OAVlarning Suriya muxolifati vakillari Rossiyaning bunday xatti-harakatlari tufayli tartibga solish bo‘yicha muzokaralardan voz kechishga majbur bo‘layotgani haqidagi xabarlariga izoh berar ekan, nafaqat Rossiya, balki butun xalqaro jamoatchilik va Suriya rahbariyatining ham pirovard maqsadi siyosiy tartibga solish ekanligini qayd etdi.

Peskov havo-kosmik kuchlarning Suriyadagi operatsiyalaridan ko‘zlangan maqsad hukumat qo‘shinlarini terrorchilarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi