Yaman tan olingan hukumatining vitse-prezidenti Xolid Baxa istiqomat qiluvchi Adan shahridagi mehmonxonaga granatamyotdan hujum qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lum qilinmadi. Hujum sodir etilgan paytda vitse-prezident mehmonxonada bo‘lgan-bo‘lmaganligi ham noma’lum.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, Qasr mehmonxonasi xusiylar quvib chiqarilib, hukumat mamlakatga qaytgandan so‘ng, uning bazasiga aylangan.
Izoh (0)