Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

NATO Kengashi Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi tinch aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: “TSN”

Foto: “TSN”

5-oktabr kungi majlis yakunlari bo‘yicha NATO Kengashi Rossiyadan “Suriya muxolifati va aholiga hujum qilishni zudlik bilan to‘xtatish”, IShIDga qarshi kurashni kuchaytirishga bor e’tiborini qaratish, shuningdek, nizoni siyosiy jihatdan tartibga solishga ko‘maklashishni talab qildi.

NATO bayonotida, shuningdek, Turkiya havo hududiga Rossiya samolyotlari bostirib kirgani haqida aytiladi. Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, chegarani 3—4-oktabr kunlari Su-30 va Su-24 uchuvchilari bosib o‘tgan.

Alyans “bunchalik mas’uliyatsiz xatti-harakatlar o‘ta xavfli ekanligi” haqida ogohlantirdi va Rossiyadan izoh talab etdi, shuningdek, bunday hodisalar boshqa takrorlanmasligiga kafolat berishini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi nishonlarga zarba berishni 30-sentabrdan boshladi. Rossiya qurolli kuchlari operatsiyani Suriya hukumati so‘rovi bilan boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi