Kuni kecha Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hojilari O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, hojilar tomonidan safar yakuni yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatiga minnatdorchilik maktublari yo‘llangan.
Jumladan, surxondaryolik hojilar bitgan maktubda shunday deyiladi: “Haj—2015 O‘zbekiston hojilari uchun juda ham muvaffaqiyatli va samarali o‘tdi. Hojilarga yaxshi sharoitlar yaratib berildi. Mingboshi va ellikboshilar hoji otaxon va onaxonlarni haj amallarini bajarishda yaqindan yordam berib, xolis xizmatlari bilan hojilarni xursand qildi”.
Sirdaryo viloyati hojilari maktubida esa: “Biz hojilar vatanimizga qaytgach xalqimizga, yoshlarmizga qalbimizdan kechayotgan faxr va qanday yurtda yashayotganimiz haqida dil so‘zlarini aytib, jonajon Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shamiz”, degan so‘zlarni uchratish mumkin.
Izoh (0)