“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining jarohatidan tiklanish jarayoni reja asosida ketmoqda. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Futbolchi endilikda qo‘ltiqtayoqdan voz kechib, mustaqil ravishda harakatlanyapti. U yaqin ikki hafta ichida yugurish mashqlarini boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasining 6-turidagi “Las-Palmas”ga (2:1) qarshi kechgan o‘yinda jarohat olib, 7—8 hafta maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)