Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Miass shahri aholisi ro‘parada joylashgan uyda yuz bergan manzaradan shokka tushdi. Ular ikki yoshlar chamasidagi bolakay 8-qavat derazasining tokchasida hech narsadan ushlamasdan turganligining guvohi bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
U deraza karniziga chiqib, atrofni tomosha qilgan. Hodisa guvohlari bolani tasvirga olishdan avval politsiyani bundan xabardor qilgan.
Yergacha 20 metr masofada, 8-qavat derazasining tokchasiga chiqib olgan bola yon-atrofni va pastni tomosha qilayotib, derazadan deyarli ushlamagan.
Tasvir ijtimoiy tarmoqqa joylangandan so‘ng, bolaning onasi voqea qanday yuz berganligini so‘zlab berdi. Ayolning so‘zlariga qaraganda, u xonani shamollatish uchun derazani ochib, qo‘shni xonaga bir necha daqiqaga chiqqan. Qaytib kelganda esa bolasini deraza tokchasida ekanligini ko‘rgan. Ayol o‘zini qo‘lga olgandan so‘ng, ehtiyotkorlik bilan uni chaqirib, sekin derazadan olgan. Politsiya ayolning ahvolini tushunib, uni ogoh bo‘lishga undagan.
https://www.youtube.com/watch?t=107&v=s8K4zY54TWs
Izoh (0)