Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

General Motors konserni 2016-yil oxirida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Avtopilotli avtomobillar yangi avlod Chevrolet Volt gibridi bazasida tayyorlanadi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”.

Foto: “Motor.ru”

Foto: “Motor.ru”

Haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning sinovlari konsernning Michigan shtati, Uorren shahrida joylashgan texnik markazida bo‘lib o‘tadi. Kompaniya xodimlari maxsus mobil dastur yordamida hudud bo‘ylab harakatlanish uchun avtomobilni band qilishlari va qayerga borishlari kerakligini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng avtomobil mustaqil ravishda odamlarni kerakli joyga yetkazib qo‘yadi.

Konsern vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur “harakatlanuvchi laboratoriyalar” to‘liq avtonom mashinalarning texnik imkoniyatlari tadqiqini tezlashtirishga yordam beradigan zarur tajribani qo‘lga kiritish imkonini taqdim etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida