Rossiya rasmiy shaxslari AQShdan Suriya havo hududidan Amerika samolyotlarini chaqirib olishni talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Amerika Fox News telekanalining ta’kidlashicha, Rossiya AQSh samolyotlarining Suriya osmonini “zudlik bilan” tark etishini so‘radi.
Amerikaning Moskvadagi elchixonasi vakilining so‘zlariga qaraganda, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama Suriyada terrorchilik bilan kurash masalasida davlatlarning umumiy manfaatlari mavjudligi haqida kelishib olgan.
Izoh (0)