Google korporatsiyasi LG tomonidan yaratilgan Nexus 5X va Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Nexus 6P smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
6P uch xil rangda chiqariladi: oq, alyuminiy va grafit. Ekranining hajmi 5,7 dyuymni tashkil etadi. Smartfon 12,3 megapikselli asosiy kamera va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Qurilma uch gigabaytli operativ xotira va 2 GGs chastotali Octa-core Qualcomm protsessoriga ega.
Nexus 5X smartfoni 6P’ga qaraganda biroz kichikroq. Uning ekrani 5,2 dyuym. Uning orqa tomonidagi kamera 12,3 megapiksel, selfi uchun mo‘ljallangan kamerasi esa besh megapikselni tashkil etadi. Qualcomm protsessori 1,8 GGs chastota bilan ishlaydi. Nexus 5X uch xil — qora karbon, oq kvarts va moviy muz ranglarda chiqarilgan.
Izoh (0)