Bill Geyts Forbes jurnaliga ko‘ra yana eng boy amerikalik deb topildi. Microsoft kompaniyasining asoschisi 22-marta reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 76 milliard dollarga baholandi. Bu haqda Forbes saytida ma’lum qilindi.
Geytsning do‘sti, Berkshire Hathaway xoldingining rahbari Uorren Baffet 62 milliard dollar mol-mulki bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinni Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellison qo‘lga kiritdi. Uning davlati 47,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Yillik reytingning o‘ntaligiga birinchi marta Amazon.com internet do‘konining bosh direktori Jeff Bezos va Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerberg kiritildi.
Eng badavlat 400 nafar amerikalik jami 2,34 trillion dollarga egalik qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan 50 milliardga ortiqdir.
Izoh (0)