Vologdada selfiga tushishga uringan 17 yoshli o‘smir to‘qqiz qavatli uyning tomidan qulab ketdi, deb xabar beradi RF Tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasi sayti.
Hodisa 24-sentabr kuni 19:00 atrofida yuz berdi. “Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, o‘smir do‘sti bilan tomdan qulayotgan ekstremal vaziyatda selfi olishga uringan. Buning uchun ular kerakli vositalardan foydalangan, biroq arqondan ushlab qolishning uddasidan chiqa olmay qolgan o‘smir tomdan qulab tushgan”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Jabrlangan o‘smir shifoxonaga yetkazildi, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. Dastlabki tekshiruvlarning natijasiga ko‘ra, o‘smir oxirgi vaqtlarda shu kabi fotosuratlarni tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Izoh (0)